Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvoni berildi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Hasanboy Do‘smatovning g‘alabasini nishonlayotgan vaqtda yurak xurujiga uchradi. Unga yurak-o‘pka reanimatsiyasi va defibrilator qo‘llagan holda Britaniya boks jamoasi mutaxassislari yordam berdi.
Prezident Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatovni telefon orqali tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev Rashitov jarohatiga qaramay g‘alaba qozongani va Do‘smatovning jangini “nafas olmay” kuzatganini ta’kidladi.
O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Olimpiadaning final jangida fransiyalik raqibini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida Olimpiya o‘yinlarida ikkita oltin medalga ega chiqqan birinchi bokschi bo‘ldi.
Parij-2024 Olimpiadasining yarim final uchrashuvida o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Kabo-Verdelik raqibini mag‘lub etdi. O‘zbekiston vakili Olimpiya o‘yinlarining final bosqichiga chiqdi.
Parij Olimpiadasining 1/8 finaliga yetib kelgan bokschi Hasanboy Do‘smatov 3-avgustda qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi ringga chiqadi. 31 yoshli Do‘smatov raqibi bilan tanish ekani, u bilan ringda ko‘p to‘qnash kelganini aytdi. Kim kuchli, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, o‘sha yutadi, dedi sportchi.
Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha terma jamoa a’zolari Xasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Hasanboy Do‘smatov boks bo‘yicha jahon chempionati finalida fransiyalik Bilal Bennamani 1-raundda nokautga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu bilan u O‘zbekiston hisobiga ikkinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Toshkentda o‘tkazilgan professional boks kechasida Isroil Madrimov fransiyalik raqibi Mishel Soroni texnik nokautga uchratdi, biroq hakamning harakatlari tufayli jang yakuni baxslarga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, kechada Iqboljon Xoldorov, Hasanboy Do‘smatov va Elnur Abduraimov o‘z raqiblarini nokautga uchratgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Dilshodbek Ro‘zmetov ochkolar hisobiga g‘alabaga erishdi.
Serbiyada bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Yakuniy ro‘yxatda professional bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov ham bor.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik sakkiz nafar bokschining barchasi g‘alaba qozondi. Murodjon Ahmadaliyev Ryosuke Ivasani muddatidan oldin mag‘lub etib, WBA Super va IBF yo‘nalishlari chempionligini munosib himoya qildi. Shuningdek, Shahrom G‘iyosov meksikalik Patrisio Morenoni nokautga uchratdi, Hasanboy Do‘smatov esa Muxsin Kizot ustidan g‘alaba qozondi. Yakkaliklar natijalari — «Gazeta.uz» sharhida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting